Нашр этиш

Dunyo bo‘ylab tez suratlarda tarqalayotgan koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar, afsuski yurtimizda ham qayd etildi. Mamlakatimizda mazkur yuqumli kasallikning tarqalishini oldini olish borasida barcha zaruriy ehtiyot choralari ko‘rilib, nazorat kuchaytirilgan.

 

Joylarda qanday qilib koronavirus infeksiyasini yuqtirib olishdan himoyalanish bo‘yicha targ‘ib ishlari amalga oshirilmoqda. 

Albatta, har bir fuqaro mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni barqarorlashishiga munosib hissa qo‘shmog‘i, bunday qaltis vaziyatni birgalikda engib o‘tmog‘i darkor. Ayni shu maqsadda Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati Sardor Raxmonov tomonidan "Mehrimiz virusdan ustun! " xayriya aksiyasi tashkil etildi.  

 

Aksiya doirasida Pop tumanidagi nogiron va ehtiyojmand 100 nafardan ortiq aholi holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari hamda tibbiyot niqoblari va antiseptik vositalari tarqatildi.

Mehr aksiyasi tumandagi Pop dehqon bozori savdo majmuasida ham davom etdi. Uerda aholiga shaxsiy va umumiy gigiena qoidalariga rioya qilish va infeksiyadan saqlanish borasida tushintirish ishlari olib borildi hamda 1000dan ortiq tibbiyot niqoblari va antiseptik vositalari tarqatildi. 

Bundan tashqari, bozordagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari ham tushirildi.

 

Yulduz Yuldasheva, O‘zLiDeP Namangan viloyat kengashi matbuot kotibi