Нашр этиш

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi sharoitida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.  

 

Xususan, bu sinovli kunlarda Yurtboshimiz tomonlaridan tadbirkorlarga taqdim etilayotgan imtiyozlar va qulay shart-sharoitlar zamirida, birinchi navbatda xalqimiz turmush farovonligni yaxshilash turganligini viloyatimizdagi tadbirkorlik sub’ektlari ham chuqur his qilgan holda yanada samarali faoliyat ko‘rsatish chora-tadbirlarini amalga oshirishmoqda. 

- Bugungi kunda kompaniyamiz tarkibidagi korxonalarda karantin talablariga to‘la rioya qilgan holda ishlab chiqarish faoliyatini davom ettiryapmiz.  Birgina aprel oyida ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish orqali ishga muhtoj 114 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga erishdik deydi – Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashiga O'zLiDePdan saylangan deputat, “ART SOFT HOLDING” kompaniyasi rahbari Olimxon Babaxanov. 

Tadbirkor yillik tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatini 23,0 ming tonnaga etkazish va natijada klaster asosida etishtirilayotgan paxta xom-ashyosini to‘liq tayyor mahsulotga aylantirib, 2020 yil yakuni bilan eksport hajmini 100,0 mln. AQSH dollarga etkazish orqali iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga va aholi turmush farovonligi yaxshilashga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilgan. 

Haqiqatdan ham butun dunyoda murakkab vaziyat hukm surayotgan bir paytda yurtimiz tadbirkorlari Prezidentimizning oqilona va odilona olib borayotgan siyosatlarini qo‘llab-quvvatlagan holda foliyat olib borishlari bu sinovli kunlarni mardonavor engib o‘tishmizda muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

matbuot xizmati