Нашр этиш

Safdoshlarimizning shaxsiy namunasi

Bugungi kunda mamlakatimizda rizq-ro‘z manbai bo‘lgan ona-zamin imkoniyatlaridan unumli va oqilona foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, aholi ixtiyorida bo‘lgan tomorqa maydonlari samaradorligini oshirish diqqat markazida turibdi. Buborada “Adolat” SDP Namangan viloyat tashkilotlarida ham qator ibratli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Deputatlar va faollar joylarda tomorqalardan foydalanish bo‘yicha tushuntirish va o‘rganishlar olib bormoqdalar.

Ayni paytda safdoshlarimizning aksariyati shaxsiy namuna asosida o‘z ixtiyorlaridagi ekin maydonlarida mo‘l-ko‘l meva-sabzavot mahsulotlari etishtirmoqdalar. Misol uchun, “Adolat” SDP Namangan tuman kengashi raisi Yorqinoy Hojimatova kartoshka parvarishlashning hadisini olgan. Vaqtida ekilgan va yaxshi ishlov berilgan ekin hosili pishib etildi. Bugun-erta uni yig‘ishtirishni boshlash mumkin. Kosonsoy tuman “adolat”chilari etakchisi Zohidaxon Hayitova ham hovlisidagi maydonni sabzavot dalasiga aylantirgan. Bu erga ekilgan sabzi, piyoz, kartoshka, pomidor jadal rivojlanmoqda. Ertangi karam va bodring xirmoni yuqori bo‘ldi.

Viloyat partiya Kengashi raisi, xalq deputatlari Kosonsoy tuman kengashi deputati  Isroiljon Jo‘raev  ham  dehqonchilik ilmidan xabardor. U o‘z tomorqasida sabzavot ekinlaridan tashqari qator mevali daraxtlarni ham parvarish qiladi. Kuni kecha uch yil avval hovlisida ekkan ertangi gilos hosili pishib etildi. Mevaning birinchi turkumi eksportga mahsulot jo‘natish bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarga sotildi. Daromad yomon emas, boz ustiga ikkinchi hosil turkumi ham bugun-erta tayyor bo‘ladi.

-  Saxovatli zaminimizga cho‘pni tiqib qo‘ysa ham ajoyib sarxil meva daraxtlari o‘sib chiqaligan gapning isbotini o‘z tajribamdan o‘tkazdim, - deydi Isroiljon Yusupov. – Uch yil avval yaxshi niyat bilan ertangi gilos ko‘chatlaridan o‘tqazgandim. Vaqtida sug‘orib, ostini yumshatib turdik, zarur miqdorda o‘g‘it ham soldik. Bu yilgi bahor ham yaxshi kelgani uchun meva barvaqt pishdi. Undan oila a’zolarimiz, qarindosh-urug‘lar bahramandi bo‘ldilar. Ortiqchasini esa eksport bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar sotib olishdi, bu bilan ro‘zg‘orga ham baraka kirdi.

Ha, ayni damlarda Namangan bog‘larida  gilos pishib etildi. Quyosh nuridan rang va ta’m olgan bu meva juda serxaridor. Uni nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham sevib iste’mol qilishadi. Hozir hosilning dastlabki turkumlari chet ellardagi iste’molchilarga jo‘natildi. Shu o‘rinda bu yil  Namangan viloyatidan Rossiya, Xitoy, Turkiya, Germaniya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa o‘nlab davlatlarga jami 200 million dollarlik meva-sabzavotlar eksport qilinishi rejalashtirilganligini qayd etish lozim. Mazkur   tashqi savdo amaliyotlari koronavirus pandemiyasi davrida ham bir maromda davom ettirilayotgani saazovordir.

Farhodbek Abdullaev, O‘zbekiston “Adolat” SDP faoli.