Нашр этиш

Fidoyilarning butun bir hayot yo‘li yoshlar uchun katta maktabdir.

 

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoli Odiljon Mamatkarimov Uychi tumani Gulbog‘ mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urishi qatnashchilari Madamin ota Abdullaev va Ahmadjon ota Mamadalievlarning xonadonlarini yo‘qladi.

Qonli janggohlarda yuksak matonat ko‘rsatgan urush faxriylari bilan dildan muloqotda bo‘lib, bayramona esdalik sovg‘alarini ulashdi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti axborot xizmati.