Respublika miqyosida hisoblab kelinayotgan “Ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash tizimi”ga muvofiq Namangan viloyati munosib baholanib, Respublikada 1-o‘rinni egalladi.
Bugun viloyat hokimligida 2016 yilning 1-choragida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarning amalga oshirilishining baholashga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishni aytilgan ushbu ko‘rsatkich barcha mehnatkash namanganliklarni mamnun etdi.
Tadbirni viloyat hokimi X. Bozarov olib bordi. Shuningdek yig‘ilishda,Respublika Ishchi guruhining a’zolari, ya’ni turli vazirlik va idoralarning rahbarlari ,viloyat hokimining o‘rinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, viloyat hokimligining guruh, kotibiyatlar mudirlari, boshqarma va ma’muriy idoralar rahbarlari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyatdagi yirik korxona, tashkilotlar, uyushmalar, tijorat banklari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, tadbirkorlik sub’yektlari ishtirok etdilar.
Unda qayd etildiki, , hisobot davriyakuni bilan 1 trillion 378,2 mlrd so‘mlik moddiy ne’matlar yaratilib, yalpi hududiy mahsulot hajmi 109,0 foizga o‘sishi ta’minlandi.
Xususan, sanoat ishlab chiqarish hajmi 112,5 foizga, qishloq xo‘jaligi 108,0 foizga, kapital qo‘yilmalar 127,1 foizga, qurilish ishlari 110,4 foizga, chakana savdo aylanmasi 111,7 foizga va pullik xizmatlar hajmi 113,8 foizga o‘sdi.
Hududiy tasarrufdagi xo‘jalik sub’yektlari tomonidan 29,0 mln.dollarlik mahsulot va xizmatlar eksporti bajarilib, prognoz 101,1 foizga bajarildi.
Hisobot davrida hududiy tasarrufdagi 23 ta yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksport faoliyatiga jalb etildi va ular tomonidan 1,0 mln.dollarlik mahsulotlar eksportga chiqarilgan.
Shuningdek, hududiy eksportyor korxonalar tomonidan 252,0 ming dollarlik 7 turdagi yangi mahsulotlar eksporti o‘zlashtirildi (Jumladan, ishchi qo‘lqoplar, arqon, gipsokarton list, qandolatchilik mahsulotlari, erkaklar poyabzali, sterillangan qadoqlangan sut, paypoq).
Muhtaram Yurtboshimizning “2016-2019 yillarda Namangan viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ–2439-sonli qarorlari doirasida joriy yilning 1-choragida umumiy qiymati 7,0 mln.dollar bo‘lgan 8 ta loyihalar (Namangan shahrida "Afruz Kamol Nabi" MCHJ, "Zamin Metall Sanoat" MCHJ, "Maxsus Metall Sanoat" MCHJ, "Mexmash" AJ, Mingbuloq tumanida "Nomonjon Fayz" MChJ, Kosonsoy tumani "O‘rikzor quvonchi" XK, Uychi tumanida "Abdurahmon Asqarovich" MChJ hamda Uchqo‘rg‘on tumanida "Shahrixonchek Sanoat Savdo" MChJ) amalga oshirilib,373 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Tijorat banklari tomonidan 1-chorak yakuni bilan 7 ta loyihaga 3,8 mln.dollar kredit mablag‘lari ajratish belgilangan bo‘lib, amalda 27 ta loyihaga 8,4 mln.dollar bank kreditlari ajratildi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 1-chorak davomida hisobot davrida 1,6 mlrd.so‘mlikmahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz 109,7 foizga bajarildi. Shu bilan birga,1,6 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ichki bozorlarga sotildi va iqtisod qilingan valyuta miqdori379,1 ming dollarni tashkil etdi.
Hukumatimiz tomonidan hududlarda mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarga asosan o‘tgan 3 oy davomida dasturga qo‘shimcha ravishda 32 takorxonada 93 ta yangi loyiha (53,2 mlrd.so‘mlik) takliflari ishlab chiqildi.
Bu loyihalar hisobiga 8,4 mln.dollar valyuta mablag‘larini iqtisod qilishni rejalashtirilmoqda. Bugungi kunda ushbu loyihalarning pasportlari avtomatlashtirilgan tizim orqali idoralararo maxsus komissiyasiga taqdim etilib, bosqichma-bosqich vazirliklarning xulosalari olinmoqda.
Shunigdek yig‘ilishda, kun tartibi reglamentiga ko‘ra mutasaddilarning xisoboti tinglandi. Har bir hisobotga chiquvchilar o‘z so‘zida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Ikramov ishtirok etdi.
Axborot xizmati