Xalq deputatlari viloyat Kengashining
2017 yil 24 yanvardagi 83/17-5-sonli qaroriga
“2” ILOVA
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhining 2017 yilga mo‘ljallangan
ISH REJASI
- Nazorat-tahlil faoliyati
- “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining YAngiqo‘rg‘on tumanida ijro etilishini o‘rganish va natijalarni muhokama qilish (xalq deputatlari Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi bilan birgalikda).
Yilning birinchi yarmi
- «Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining xalq deputatlari Namangan shahar va tumanlar Kengashlari tomonidan ijro etilishini o‘rganish hamda muhokama qilish.
Yilning ikkinchi yarmi
- Tadbirlar
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi bilan birgalikda “Qonunlar, davlat va hududiy dasturlar mazmun-mohiyatini keng ommaga etkazish va ular ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini ta’minlash, bu borada xalq bilan muloqotni yo‘lga qo‘yishda senatorlar va deputatlarning davlat va nodavlat tuzilmalar bilan hamkorligining o‘ziga xos jihatlari” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazish
Yilning birinchi yarmi
- “Viloyat, tuman, shahar hokimining tegishli hudud rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotnini ko‘rib chiqish, ular echimi yuzasidan xalq bilan muloqotning tashkiliy-huquqiy jihatlari” mavzusida seminar o‘tkazish (Ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati va sog‘lom avlod masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi bilan hamkorlikda).
Yilning uchinchi choragi
- Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari tomonidan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga va aholiga etkazish borasida deputatlar, mutasaddi idoralar, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilikning hamkorligini har tomonlama mustahkamlash, ommaviy axborot vositalarida chiqishlarning sifatini yaxshilash, sohaviy faoliyatning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning natijalarini, sohada mavjud ijobiy ishlarni keng ommalashtirishdagi faoliyatlariga doir joylarda tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlikda uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazib borish.
Har chorakda