Xalq deputatlari viloyat Kengashining
2016 yil _fevraldagi _-sonli qaroriga

1-ilova

 

 

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2016 yil uchun mo‘ljallangan nazorat-tahlil va tadbirlar

R E J A S I

 

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Mas’ul doimiy komissiya

1.

Mahalliy byudjet parametrlarining 2015 yil ijrosi yuzasidan viloyat Moliya va Davlat soliq boshqarmalarining hisoboti to‘g‘risida.

Fevral

Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

2.

Namangan viloyat prokurorining 2015 yil davomida viloyat prokuraturasi tomonidan qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza etish, jinoyatchilikka qarshi kurash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti haqida.

Fevral

Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

3.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining maktabgacha ta’lim muassasalariga doir qismining Namangan viloyati Namangan tumanida ijro etilishini o‘rganish

Fevral

Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish, yoshlar siyosati va sog‘lom avlod masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

4.

«Ipakchilikni rivojlantirishning huquqiy asoslari: muammolar va ularni hal qilish yo‘llari» mavzuida seminar o‘tkazish.

Fevral

Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari
bo‘yicha doimiy komissiyasi

5.

Namangan viloyatida 2015 yilda iqtisodiyotni kompleks rivojlantirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar bajarilishi yuzasidan viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasining hisoboti to‘g‘risida.

Fevral

Sanoat, transport, qurilish, kommunal, aloqa va aholiga xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi komissiyasi

6.

Xalq deputatlari Uchqo‘rg‘on va To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashlari deputatlarining faolligi, joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, olib borayotgan faoliyatlarini deputatlik odobiga muvofiqligini taxlil qilish.

Fevral

Reglament va deputatlik odobi masalalari doimiy komissiyasi

7.

«Tizimli va faol investitsiyaviy faoliyat: huquqiy asoslar va yanada rivojlantirish yo‘llari» mavzuida seminar tashkil etish (Namangan tumanida).

Mart

Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

8.

Namangan viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2015 yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat qiluvchi organlar faoliyatidagi qonuniylikning holati to‘g‘risidagi axboroti haqida.

Mart

Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

9.

“Barkamol va sog‘lom avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiya hamda sportning ahamiyati” mavzusida davra suhbati

Mart

Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish, yoshlar siyosati va sog‘lom avlod masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

10.

Tabiatni muhofaza qilish Namangan viloyat qo‘mitasi raisining 2015 yil davomida qo‘mita tomonidan olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti.

Mart

Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari
bo‘yicha doimiy komissiyasi

11.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Namangan viloyatining 2016-2019 yillarda sanoat potensialini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi 2015 yil 24-noyabrdagi № PP-2439-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni viloyat “Elektr tarmoqlari” OAJning tarmoq ijrosi yuzasidan o‘rganish va muhokama etish.

Mart

Sanoat, transport, qurilish, kommunal, aloqa va aholiga xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi komissiyasi

12.

Xalq deputatlari CHortoq tuman Kengashi deputatlar ishtirokida “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga rioya etish yuzasidan mahalliy Kengash deputatlarining vazifalari haqida davra suhbati o‘tkazish.

Mart

Reglament va deputatlik odobi masalalari doimiy komissiyasi

13.

«Zamonaviy biznes-ta’lim – iqtisodiy o‘sishning g‘oyat muhim omili: samaradorlik va yanada rivojlantirish» mavzuida davra suhbati o‘tkazish (Namangan muhandislik sanoat instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Namangan viloyat hududiy boshqarmasi bilan birgalikda).

Aprel

Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

14.

“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mahalliy boshqaruv organlari tomonidan qonunlarga hamda boshqa qonun hujjatlariga rioya etilayotganligi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish bo‘yicha fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ishlarini tashkil etishga oid qismining ijro etilishini Uchqo‘rg‘on tumanida o‘rganish.

Aprel

Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi,

Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish, yoshlar siyosati va sog‘lom avlod masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

15.

«Atrof-muhitni muhofaza qilishni huquqiy jihatdan ta’minlash – inson salomatligining garovi» mavzuida davra suhbati o‘tkazish.

Aprel

Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari
bo‘yicha doimiy komissiyasi

16.

Uchqo‘rg‘on tumanida “Zamonaviy aloqa, axborot, kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, aholi punktlarida simsiz aloqa va internet xizmatlari qamrovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazish.

Aprel

Sanoat, transport, qurilish, kommunal, aloqa va aholiga xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi komissiyasi

17.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarining faolligi, joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi, ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlari, hisobotlarni topshirish yuzasidan olib borayotgan faoliyatlarini deputatlik odobiga muvofiqligining holatini muntazam o‘rganib borish va viloyat Kengashining navbatdagi sessiyalariga tahliliy hisobotlar tayyorlash.

 

Aprel

Reglament va deputatlik odobi masalalari doimiy komissiyasi

18.

«Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining «Vodiygazta’minot» unitar korxonasining viloyat shahar va tumangaz filiallari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish.

 

May

Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

19.

“Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazish

 

May

Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish, yoshlar siyosati va sog‘lom avlod masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

20.

“Veterinariya to‘g‘risida”gi va “Naslchilik to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining Mingbuloq tumanida ijro etilishini o‘rganish hamda muhokama qilish (xalq deputatlari Mingbuloq tuman Kengashi bilan birgalikda).

 

May

Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari
bo‘yicha doimiy komissiyasi

21.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Namangan viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘ining 2015 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida.

Iyun

Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

22.

MKT “Vatanparvar tashkilotining harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga tayyorlash borasida amalga oshirib kelayotgan ishlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazish.

 

Iyun

Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

23.

Namangan viloyati Uychi tumani xalq ta’limi tizimida qonunlarni joylarga etkazilishining, qonunlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunosti hujjatlari qabul qilinishining holatini o‘rganish

 

Iyun

Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish, yoshlar siyosati va sog‘lom avlod masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

24.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Namangan viloyatining 2016-2019 yillarda sanoat potensialini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi 2015 yil 24-noyabrdagi № PP-2439-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni viloyat “Suv oqava”korxonasi va uning shahar, tuman bo‘limlarida ijro etilishini o‘rganish va muhokama etish.

Iyun

Sanoat, transport, qurilish, kommunal, aloqa va aholiga hizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi komissiyasi

25.

G‘aznachilik organlari bilan birgalikda byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi va ularning asossiz sarflanishini bartaraf etish ustidan g‘aznachilik ijrosi tizimi vositasida qat’iy nazorat qilinishini bundan buyon ham ta’minlash borasidagi ishlarni muhokama qilish.

Iyul

Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

26.

Namangan viloyat IIB YHXB ning 2015 yil va 2016 yilning birinchi yarim yilligida Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishi masalasi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti (Namangan viloyat IIB bilan hamkorlikda).

Iyul

Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

27.

“Mamlakatda farmatsevtika sanoatining jadal sur’atlarda rivojlanishini ta’minlash maqsadida xususiy mulk va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazish

Iyul

Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish, yoshlar siyosati va sog‘lom avlod masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

28.

“Viloyatda yo‘lovchi tashish xizmatini tubdan yaxshilash, uni tashkiliy va huquqiy jihatdan tartibga solish chora-tadbirlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazish.

Avgust

Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

29.

Norin tumanida qishloq joylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga oid qonun hujjatlarining ijrosi hamda tashkil etilgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining yangi tarmoqlarining faoliyatining ahvolini o‘rganish hamda muhokama qilish. (Xalq deputatlari Norin tuman Kengashi bilan bilan birgalikda)

Avgust

Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari
bo‘yicha doimiy komissiyasi

30.

Viloyatda investitsion loyihalarni amalga oshirishning dolzarb masalalari mavzuidagi davra suhbati o‘tkazish (viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasi bilan birgalikda)

Avgust

Sanoat, transport, qurilish, kommunal, aloqa va aholiga hizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi komissiyasi

31.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari hamda Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar faoliyatini o‘rganish.

Avgust

Reglament va deputatlik odobi masalalari doimiy komissiyasi

32.

“Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturining Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ijro etilishi holati yuzasidan boshqarma boshlig‘ining axborotini eshitish

Sentyabr

Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish, yoshlar siyosati va sog‘lom avlod masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

33.

«Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda moliya-bank institutlarining ishtiroki: qonunchilik, amaliyot va yanada takomillashtirish» mavzuida seminar tashkil etish (viloyat Moliya boshqarmasi, O‘RMBning Namangan viloyat bosh boshqarmasi, tijorat banklari bilan birgalikda).

Sentyabr

Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

34.

“Sog‘lom ona va bola yili»da Uychi tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyati, ularning moddiy texnik bazasini yaxshilash, bolalarni salomatligini muhofaza qilish sohasida olib borayotgan ishlari yuzasidan deputatlik nazoratining ahvoli.

Sentyabr

Reglament va deputatlik odobi masalalari doimiy komissiyasi

35.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Namangan tumanida ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish (Xalq deputatlari Namangan tuman Kengashi bilan hamkorlikda).

 

Oktyabr

Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

36.

«CHorvachilikni rivojlantirishning qonunchilik asoslari: holati, muammolari va istiqbollari» mavzuida davra suhbati tashkil etish.

Oktyabr

Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari
bo‘yicha doimiy komissiyasi

37.

«Hududlarda iqtisodiyot rivojlanishining holati, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarish dinamikasi, rivojlanishning yo‘nalishlari» mavzuida davra suhbati o‘tkazish (xalq deputatlari CHust tumani Kengashi bilan birgalikda).

Oktyabr

Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

38.

2016 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining bajarilishi yuzasidan viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasining axborotini eshitish

Noyabr

Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish, yoshlar siyosati va sog‘lom avlod masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

39.

“Viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Fermerlik qonun himoyasida” amaliy davra suhbati o‘tkazish.

Noyabr

Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari
bo‘yicha doimiy komissiyasi

40.

“Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan soliq imtiyozlari hamda uning samaralari” mavzuida davra suhbati.

Noyabr

Sanoat, transport, qurilish, kommunal, aloqa va aholiga xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi komissiyasi

41.

Namangan viloyatining 2017 yilgi Davlat byudjeti loyihasi yuzasidan takliflar va xulosa tayyorlash.

Dekabr

Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

42.

Viloyatdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida “Konstitutsiya – O‘zbekistonda demokratik islohotlarning huquqiy asosi va garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazish.

Dekabr

Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

43.

“Shaxs ma’naviyatining yuksalishida muzeylar faoliyatining ahamiyati: qonunchilik, amaliyot va istiqboldagi vazifalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazish

Dekabr

Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish, yoshlar siyosati va sog‘lom avlod masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

 

Izoh: zaruratga qarab ushbu rejaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.