2020 yil 26 fevral kuni Namangan viloyati hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat Kengashining uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisining o‘rinbosari Ismailov Umar Sapaevich ishtirokida o‘tkazilgan sessiya ishida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, OAV vakillari qatnashdilar.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining uchinchi sessiyasi ishini viloyat hokimi, Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi raisi Xayrullo Bozorov olib bordi.
Sessiya kun tartibiga asosan, deputatlar 4 ta viloyat sektorlari rahbarlari –viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Akmalxo‘ja Mavlonov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Odil Ataxodjaev va viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Adhamjon Tillavoldievning Namangan viloyatida ishsiz yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarini tingladilar. Shuningdek, Namangan shahri hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov va Chust tumani hokimi Bahodir Oxunov o‘z hududlarida yoshlar bandligini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar hamda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan hisobot berdilar.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisining o‘rinbosari Umar Ismailov so‘z olib, bugungi kunda viloyatda yoshlar bandligi borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishi qarorlar qabul qilindi.
Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining uchinchi sessiyasi o‘z ishini yakunladi.