2018 yil 3 aprel kuni O‘zXDP Namangan viloyati kengashi tomonidan “Yoshlar – kelajak tayanchi” shiori ostida bir qator davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan yoshlar forumi “Istiqbol” yoshlar qanotiga a’zo iqtidorli yoshlarning ijodiy ko‘rgazmasi bilan boshlandi.

Forum doirasida Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Jinoyatsiz kelajak sari”, “Ijtimoiy maqsadlarni internet tarmoqlarida ommalashtirish”, “Odam savdosiga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari, huquqni muhofaza qilish idoralari va partiya tashkilotlarining hamkorligi” mavzularida davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, mavzuga doir videorolik namoyish etildi. Vaqtli nashrlar hamda badiiy adabiyotlar ko‘rgazmalari namoyish etildi.

Yoshlar forumi Uychi tumanidagi katta shou konsert dasturiga ulanib ketdi.