Koronavirus balosi dunyoni qalqitib yubordi. Bugun jahon hamjamiyati unga qarshi ayovsiz kurashmoqda. Yurtimizda joriy qilingan karantin – shu kurashlar ichida eng ma’quli.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning xalqimizga murojaatidan so‘ng har bir vatanparvar shu taxlit kurashmoqda.
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi faoli Ahmadjon A’loxo‘jaev o‘z saylovchilariga bepul niqob tarqatish tashabbusi bilan chiqdi.
Tashkilot xodimlarining barchasi 2 ming dona bepul niqob tarqatish asnosida aholi o‘rtasida koronavirusga qarshi tegishli chora-tadbirlarni tushuntirish bilan shug‘ullanmoqdalar. Bemor yotganlar holidan xabar olishmoqda.
Darhaqiqat, o‘zini asragan har bir kishi oilasini, oilasini asragan esa dunyoni asraydi. Keling, ko‘plashib kurashaylik. Zero, “ko‘pdan quyon qochib qutulmas!”