Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mahmudjon Parpiev va Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nosirbek Abdullaxonov Namangan viloyati hokimligida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining olish bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish shtabi faoliyati bilan tanishishdi.
Muloqot chog‘ida koronavirus profilaktikasi davrida viloyatda asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar, bozorlarda narx-navolarning nazorati, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borishni kengaytirish, karantin tartibiga qat’iy amal qilinishini ta’minlash kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar o‘zaro tahlil qilindi.