Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, "Milliy tiklanish" partiyasi faoli Odiljon Mamatkarimov Muqaddas Ramazon Hayiti ayyomi munosabati bilan Uychi tumani Shifokor va Pastguzar mahallalarida yashovchi kam ta’minlangan va nogironlari bor xonadonlar holidan xabar oldi. Ramazon Hayiti bayrami bilan  tabriklab, samimiy tilaklarini izhor etdi.

 

Uyda shukronalik bilan keksalik gashtini surayotgan nuroniylar duoga qo‘l ochib, xalqimiz turli sinovu qiyinchiliklarni yanada kuchli bo‘lib engib o‘tishi, virus balosi ham tezroq daf bo‘lishini tiladilar.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti axborot xizmati.