YANGI MARRALARGA ChORLAYDI

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqimiz farovonligi yo‘lida ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, bunyodkorlik ishlari, islohotlar jarayoni bilan tanishish maqsadida  o‘tgan haftada Namangan viloyatida bo‘ldi. Ishlab chiqarish korxonalarida, dala va bog‘larda, mahallalarda o‘tkazilgan muloqotlarda keyingi salkam bir yarim yil mobaynida ro‘yobga chiqarilgan ishlar sarhisob qilindi. Ayni paytda  iqtisodiy va ijtimoiy resurs hamda imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi farovonligini oshirish bo‘yicha bir qator istiqbolli vazifalar belgilab berildi. 

Avvalo shuni aytish kerakki, davlatimiz rahbarining tashrifi har galgiday viloyat ijtimoiy-siyosiy hayotida katta voqea bo‘ldi. Chunki shu asnoda   barcha jabhalardagi islohotlarning oraliq yakunlarini tahlil etildi, yangi marralar belgilab berildi. Men ham  Prezidentimiz ishtirokidagi faollar  yig‘ilishida qatnashar ekanman, mamlakatimizning boshqa mintaqalari qatori viloyatimizda ham keyingi yillarda naqadar katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganligi ko‘z o‘ngimda namoyon bo‘ldi. Xalqimiz taraqqiyotning oydin yo‘lidan dadil odimlayotganligidan qalbim g‘ururga to‘ldi. Bu borada “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi a’zolari ham fidokorlik bilan mehnat qilib, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarga munosib hissa qo‘shayotganliklarini ham faxr bilan esladim.

Prezidentimiz o‘z nutqida joylarda yutuqlar borligini, o‘zgarishlar bo‘layotganini, lekin bular hali ko‘zlagan marralarimizga mos emasligini ta’kidladi. “To‘g‘ri gapni gapirgan odam – islohotlarga xayrixoh, - deb ta’kidladi u. - Achchiq gaplardan to‘g‘ri xulosalar chiqarib yo‘limizni topib olishga harakat qilsak, eng katta marramiz shu bo‘ladi.” Shu bilan birga   hali oramizda eskicha tushunchalardan qutula oldmayotgan, yangilikni va zamon nafasini sezmaydigan rahbarlar da qolib ketgan rahbarlar yo‘q emasligi qayd etilgani bo‘ldi. Chindan-da, shundaylar islohotlarning muvaffaqiyatli borishiga xalaqit bermoqdalar. Boz ustiga ular to‘g‘ri gapni  va tanqidni yoqtirmaydilar. Bunday holatda  iqtisodiyotni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratib, aholining bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish kabi muammolarni o‘z vaqtida hal etib bo‘lmaydi.

           Boshqa masalalar qatori yig‘ilishda kadrlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Ular davlat rahbari va hukumat qarorlarini o‘qib, ularning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri tushunishlari darkor. Shuningdek, o‘z ish faoliyatilarini tahlil qilib borishlari, iqtisodiy o‘sishlardan xabardor bo‘lishlari talab etiladi.

         Prezident tomonidan Namangan tajribasi taklif qilindi. Unga ko‘ra haftaning dushanba kuni ish joyida me’yoriy hujjatlar bilan ishlanadi, seshanbadan shanbagacha hamma mahallalarda oilalar ahvolini o‘rganadi. Birinchi navbatda odamlarning muammolari va ehtiyojlari hisobga olinadi, ularni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Prezidentimizning viloyatga tashrifidan, uning xalq vakillari bilan bo‘lgan muloqotlarda bildirgan fikrlaridan chiqargan xulosam shu bo‘ldiki, hammamiz o‘z faoliyatimizga yana bir bor tanqidits baho berib, kamchiliklarni bartaraf etishimiz, bugun kechagidan, ertaga esa bugungidan yaxshiroq ishlshimiz zarur. Bu borada siyosiy partiyalarning vakillari, turli darajadagi xalq deputatlari kengashlarining deputatlari o‘rnak ko‘rsatishlari lozim. Biz partiya viloyat kengashida bu yo‘nalishda alohida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqamiz va amalga oshiramiz. Ularning ijrosini puxta nazorat qilib, viloyat ahli  oldiga qo‘yilgan mas’uliyatli vazifalarni bajarishga munosib hissa qo‘shamiz.

Isroil JO‘RAYEV, Xalq deputatlari Kosonsoy tuman kengashi deputati.