Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov va Soʻgʻd viloyati raisi Radjabboy Ahmadzoda hamda boshqa mehmonlar ishtirokida “Made in Namangan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi tantanali ravishda ochildi.
Viloyatimiz rahbari ularni Namanganda ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarimiz bilan tanishtirdi. Namanganlik tadbirkorlar tomonidan oʻz mahsulotlarini, salohiyat va imkoniyatlarini taqdimot qilindi. Koʻrgazma davomida bir qator salmoqli eksport shartnomalari imzolandi.
Shuningdek, Namanganda boʻlib oʻtayotgan 63 – xalqaro “Gullar festivali” hamda Namangan viloyatining investitsion salohiyatini aks ettirgan videoroliklar taqdimoti oʻtkazildi.
Taʼkidlash joiz, Forum ishtirokchilari tomonidan Namangan viloyati koʻrgazmasi juda katta qiziqish bilan qabul qilinib, xorijiy korxonalar bilan savdo va investitsiya boʻyicha muzokaralar davom etmoqda.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati