Xalqimizga xos oliyjanoblik, birdamlik, saxovat, bahamjihatlik Qurbon hayiti kabi muqaddas ayyomlarimiz arafasida yanada namoyon boʻladi

 

Bugun, Uchqoʻrgʻon tumani sektor rahbarlari tomonidan yoshi ulugʻ, ijtimoiy himoyaga muhtoj nuroniylar yoʻqlandi.

Dehqonobod mahallasida umrguzaronlik qilayotgan Shahribonu momo 112 yoshni qarshilagan. Umri mehnat va farzandlar tarbiyasi bilan oʻtgan bu insonning hayot yoʻli minglarga ibrat.
Uning xonadoniga sovgʻa-salomlar bilan kirib kelgan mehmonlar tashrifidan boshi osmonga yetgan momo qoʻlini duoga ochdi.
— Yurtimizdan tinchlik, xonadonlardan xotirjamlik arimasin. Bizni yoʻqlaganlarning esa boshlari omon boʻlsin!