Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Namangan viloyati hokimligi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilgan tadbir Namangan shahridagi “Maʼrifat maskani”da boshlandi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov va Soʻgʻd viloyati raisi Radjabboy Ahmadzoda hamda boshqa mehmonlar ishtirokida “Made in Namangan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi tantanali ravishda ochildi.
Viloyatimiz rahbari boshchiligidagi delegatsiya chegarada azaliy urf-odatlarga binoan doʻstona kutib olindi. Forum doirasida tashkil etilgan koʻrgazma bilan tanishildi.