Bugun xalq deputatlari Uchqoʻrgʻon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

 

Unda tashkiliy masala koʻrildi.

Sessiyada Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.

Deputatlar Namangan viloyati hokimining Uchqoʻrgʻon tumani hokimi Haydarov Muhammad Abduhakimovichni Uchqoʻrgʻon tumani hokimi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorini bir ovozdan maʼqulladilar.

Shundan soʻng viloyat rahbari keyingi yillarda Uchqoʻrgʻon tumanida olib borilgan ishlar, erishilgan yutuqlar barobarida, islohotlarni amalga oshirishda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni sohalar boʻyicha birma-bir tahlil qildi.     

Sessiyada hududni rivojlantirish,  odamlarning bugunidan rozi boʻlib yashashlariga erishish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Bu ishlarni amalga oshirish uchun tumanga yangi hokim zarur.

Deputatlar Namangan viloyati hokimining Mirxanov Dilshod Abdullayevichni Uchqoʻrgʻon tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarorini bir ovozdan tasdiqladilar.

Muzokarada soʻzga chiqqanlar tumanning yangi rahbari atrofida jipslashib, hududni obod qilish, aholi turmush farovonligini yanada oshirishga hissa qoʻshishlarini taʼkidladilar.

Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati

Senatorlar

Yangiliklar

Kengash Sessiyalari