Namangan viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi qoshidagi “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi” tomonidan 7 aprel kuni viloyat bo‘yicha 775 ta mahalladagi 15844 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, jumladan, 8074 ta kam ta’minlangan, 2980 ta nogironligi bor shaxslarga, 2272 ta boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga, 1020 ta yakka yolg‘iz qariyalarga va 1498 ta karantinga olingan oilalarga 31 213 dona 1 l. o‘simlik yog‘i, 2054 qop un (102,7 tonna), 42,43 tonna gurunch, 13,1 tonna shakar, 24,6 tonna makaron, 26 658 quti tuxum, 50,6 tonna piyoz, 10,46 tonna go‘sht mahsulotlari tarqatildi.

Bugungi tahlikali kunlar nafaqat inson sabru qanoatini, balki vijdon va iymonini ham sinovdan o‘tkazayotganday. Bunday deyishimning sababi bor. O‘zi va oilasi, yaqinlari, xalqi salomatligini o‘ylagan, buning uchun qayg‘urmoqlikni fuqarolik burchi deb hisoblagan inson borki, ayni damda hukumatimiz, Prezidentimiz, sog‘liqni saqlash hamda boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan belgilab qo‘yilayotgan qoida va tartiblarga qat’iy rioya qilmoqda. Ammo yurtdoshlarimiz orasida shunday kimsalar ham uchrab turibdiki, ularning xatti-harakatini ko‘rib, shunchalar ham aqlsizlik, bepisandlik, beparvolik, kaltao‘ylik bo‘ladimi, deb yuborasan beixtiyor.

Dunyo xaritasiga nazar soladigan bo‘lsak, bugungi kunning eng katta muammosi bo‘lib turgan koronavirus pandemiyasi etib bormagan hududni topish qiyin. Shu jihatdan qaraganda, bu virus butun jahon hamjamiyatini chuqur o‘ylashga va bu holatdan insoniyatni imkon qadar kam talafotlar bilan olib chiqishda kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rishni taqozo etmoqda. Koronavirus pandemiyasi butun dunyo bo‘ylab o‘zining salbiy oqibatlarini ko‘rsatmoqdaki, bu nafaqat insonlarning sog‘lig‘i balki, butun dunyo iqtisodiyotiga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mahmudjon Parpiev va Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nosirbek Abdullaxonov Namangan viloyati hokimligida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining olish bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish shtabi faoliyati bilan tanishishdi.

Koronavirus balosi dunyoni qalqitib yubordi. Bugun jahon hamjamiyati unga qarshi ayovsiz kurashmoqda. Yurtimizda joriy qilingan karantin – shu kurashlar ichida eng ma’quli.